Garov o‘ynash haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ramazon oyi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin. Bahs to‘g‘risidagi savolni o‘qib garov o‘ynash harom ekanligi to‘risida ma’lumot berilgan. Tarixiy Muhammadiy kitobida Abu Bakr Siddiq r.a. (agar adashmasam) bir yahudiy bilan Rum davlati Eron davlati ustidan bir kun kelib g‘alaba qilishi tug‘risida 3 yilga garov o‘ynadilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam garov miqdori va muddatini 10 yilga oshirishlarini aytganlar. 7 yil ichida bu garov Abu Bakr Siddiq r.a. foydalariga hal bo‘lganligi haqida yozilgan. Savolim shuki ular tuzgan garov qanday ahamiyatga ega?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U vaqtda garovning haromligi vahiy bilan sobit bo‘lmagan edi. Xuddi aroqning haromligi sobit bo‘lmaganidek. Keyinchalik ikkisi ham harom bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar