Ota vazifasi

Assalomu alaykum! Men turmush qurganimga 20 yil bo‘ldi. Xozirda ikki o‘g‘lim bor 19 va 15 yosh. Turmush o‘rtog‘im shu yilgacha na erlik na otalik masuliyatini bajarmadi. Xozirgacha ikki o‘g‘limni ixtiyoji va masuliyati meni zimmamda. Katta o‘g‘lim endi yonimga kirib moddiy tomondan yordamlasha boshladi. Xozirda jiddiy sabablar va moddiy tomondan etishmovchilik bo‘lgani uchun erim bilan ajirimgacha bordik. Lekin ajrashmadik chunki erimni jurati etmadi bizni uy bilan taminlashga. Shu sabab begonadardek gaplashmasdan yashashga qaror qildim. Savolim uki men ikki o‘g‘lim bilan ro‘zg‘orimizni aloxida o‘zimiz uchun qilib va o‘zimiz uchun xarakat qilib yashayversak bo‘ladimi? Yoki erimni onasini xam ikki farzandimga qo‘shib taminlashga majburmanmi. Chunki erim xatto onasi uchun xam ro‘zg‘or qilmay xuddi ijarachidek xech nimani o‘ylayotgani yo‘q. Qarzlari juda ko‘p. Birovlarni xaqqidan qo‘rqmaydi va qaytarishniyam o‘ylamaydi. Bunday muxitda men faqat o‘zimni va farzandlarimni o‘ylab yashashga xaqlimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz va farzandlaringiz hamda qaynonangiz ta’minoti eringizning zimmasida. Siz hech kimni boqishga majbur emassiz. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 11:25 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar