Qurbaqani tajriba qilish

Assalomu alaykum! O‘quv yurtlarida qurbaqani tajriba sifatida tirik holida, yuqori jag‘ini kesib orqa miyasiga sim kirgizadi va qornini kesib yuragini oladi. Bu ishda men ham ishtirok etsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma narsa inson uchun yaratilgan. Tib ilmini o‘rganish maqsadida hayvonlarda tajriba o‘tkazish va yorib ko‘rish joiz. Bu albatta zarurat darajasida bo‘lishi kerak. Boshqa holatlarda joiz emas. حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يَعْقُوبَ، أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ سَعِيدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ أَبِيهِ أَنَّهُ سَمِعَهُ يُحَدِّثُ عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ دَخَلَ عَلَى يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ وَغُلَامٌ مِنْ بَنِي يَحْيَى رَابِطٌ دَجَاجَةً يَرْمِيهَا، فَمَشَى إِلَيْهَا ابْنُ عُمَرَ حَتَّى حَلَّهَا، ثُمَّ أَقْبَلَ بِهَا وَبِالْغُلَامِ مَعَهُ فَقَالَ: ازْجُرُوا غُلَامَكُمْ عَنْ أَنْ يَصْبِرَ هَذَا الطَّيْرَ لِلْقَتْلِ، فَإِنِّي سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى أَنْ تُصْبَرَ بَهِيمَةٌ أَوْ غَيْرُهَا لِلْقَتْلِ Bizga Ahmad ibn Ya’qub so‘zlab berdi: «Bizga Ishoq ibn Sa’id ibn Amr xabar qildiki, u otasining shunday deb so‘zlab berayotganini eshitgan ekan: «Ibn Umar roziyallohu anhumo Yahyo ibn Sa’idning huzuriga kirsa, Yahyoning farzandlaridan biri bir tovuqni (bog‘lab) qo‘yib, unga (o‘q) otayotgan ekan. Ibn Umar borib, uni bo‘shatdi va uni ham, yonidagi bolani ham olib keldi da: «Mana bu qushni o‘ldirish uchun bog‘lab qo‘ygani uchun bolangizning ta’zirini beringlar! Chunki men Nabiy sollallohu alayhi vasallamninig hayvon yoki boshqa jonivorni o‘ldirish uchun bog‘lab qo‘yishdan qaytarganlarini eshitganman», dedi».  حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ ابْنِ عُمَرَ فَمَرُّوا بِفِتْيَةٍ أَوْ بِنَفَرٍ نَصَبُوا دَجَاجَةً يَرْمُونَهَا، فَلَمَّا رَأَوُا ابْنَ عُمَرَ تَفَرَّقُوا عَنْهَا، وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ: مَنْ فَعَلَ هَذَا؟ إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَعَنَ مَنْ فَعَلَ هَذَا Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi: «Ibn Umarning oldida edim. U bir tovuqni (bog‘lab) qo‘yib, unga (o‘q) otayotgan yigitlar[yoki bir necha kishi]ning yonidan o‘tdi. Ular Ibn Umarni ko‘rishlari bilan uni tashlab, tarqalib ketishdi. Ibn Umar: «Buni kim qildi? Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday qilganni la’natlaganlar!» dedi».  (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar