Luqmai halol

Assalomu alaykum! Luqmai halolni qanday qilsa bo‘ladi? Ba’zilar 11 kun baliq go‘shtini eb luqmai halol qilinadi deyishadi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Luqmai halol insonni doimiy hayotida bo‘lishi kerak. Bir muddat ma’lum taomlarni esa, hammasi yaxshi bo‘lib qolmaydi. Inson tug‘ilganida 2-3 kilo bo‘ladi. Ona sutini emib, taomlanib 10-15ga kirganida 40-50 kiloli vaznga ega bo‘ladi. O‘sha 50 kilo vazn 15 yoshga kirguncha egan taomlarining zarralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida egan taomlari halol bo‘lsa, 50 kilo vazn ham pokiza go‘sht hisoblanadi. Aksi bo‘lsa harom go‘sht hisoblanadi. Har bir narsaning o‘z xususiyati bo‘lib, masalan limon qon bosimini tushirsa, kofe uni ko‘taradi. Badandagi otiqcha yog‘lar kasallik chaqirsa, uni erishi o‘sha kasallikni tuzalishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shuningdek harom go‘sht ham gunohga, fisq-fujurga etaklaydi. Haloli esa ibodat va zikrga etaklaydi.عن أبي هريرة رضي الله عنه، قال: قال رسول الله : { إن الله تعالى طيب لا يقبل إلا طيباً، وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين فقال تعالى: يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحاً [المؤمنون:51]، وقال تعالى: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُلُواْ مِن طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ [البقرة:172]، ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يده إلى السماء: يا رب ! يا رب ! ومطعمه حرام ومشربه حرام وملبسه حرام وغذي بالحرام فأنّى يستجاب له؟ .رواه مسلمAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Hoy odamlar! Albatta, Alloh pokdir va faqat pok narsani qabul qiladi. Alloh payg‘ambarlarga nimani buyurgan bo‘lsa, mo‘minlarga ham o‘shani buyurgan. U Zot: «Ey rasullar! Halol-pok narsalardan englar va solih amal qilinglar! Albatta, Men qilayotgan amallaringizni bilib tururman»  degan. U Zot yana: «Ey iymon keltirganlar! Men sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan englar»  degan». So‘ngra uzoq safar qilib, sochlari to‘zib, chang­to‘zonga belanib ketgan kishini zikr qilib, shunday dedilar: «U: «Ey Robbim! Ey Robbim!» deb qo‘llarini osmonga cho‘zadi, holbuki uning egani harom, ichgani harom, kiygani harom va harom bilan oziqlangan. Endi unga qayoqdan ijobat bo‘lsin?!» Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar