Kasb kor

Assalomu alaykum! Ayollar sartoroshligiga qiziqaman. Qosh terish va soch kesish dinimizda gunox. Men mijozlarimni qoshini termayman, sochini kesmayman. Ammo marosim va to‘ylarida sochlarini turmaklab kosmetik vasitalari yordamida yuzlarini pardoz qilib qo‘ysam gunoxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslini olganda joiz, lekin gunohga ketayotganligi, o‘zini nomahramlarga ko‘z-ko‘z qilishi shar’an joiz emas. Shu ishda ularga yordamchi bo‘lib qolmayapsizmi? Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar