Faqir kim?

Assalomu alaykum! Bir tanishim zakot olgan edi. Endi zakotini kaytarib boshka odamga bermokchi. Nima uchun desam, men fakir emas ekanman deydi. Bu gapni kaerdan oldingiz desam, bir olimni aytganlarini eshitibdilarki, u "fakir bu xojati (taomi, kiyimi, uy ijarasi, zaruriy uy ruzgor xarajatlari) ga etarli darajada pul, maosh topmaydigan kishidir" debdi. Men izlanib kurdim. Topdimki, xojati asliyasidan ortik bulgan moli nisobga etmagan kishi fakir ekan. Endi tushunmayapman. Uzi fakir kim. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bering, chunki men xam bir kishiga fakir deb xisoblab, fidya puli berganman. Men fidya puli bergan kishining ortikcha 2 mln.lik moli va 11.5 mln puli bor, ammo uy va mirkabi yuk.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Moli nisobga etmagan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 183 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar