Ramazon ro‘zasini tutolmayman

Assalomu alaykum! O‘tgan yili ramazon ro‘zasini kuch bergancha tutdim. Ammo xomilador bo‘lib qolib oxirgi kunlarini tutishga kuchim etmay qolgandi va xech qancha vaqt o‘tmay xomila nobud bo‘ldi. Bu yil esa xomiladorligimni oldinroq bildim va ro‘za tutolmaslikka aqlim etib turibdi. Tutolmagan ro‘zalarimni va tutolmaydigan qarzlarimni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qodir bo‘lganingizda, bir kuniga bir kundan tutib berasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar