Qadr kechasi

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum! Izlash saxifasidan qidirib topa olmadim. Qadr kechasi topgan insonga ming oy yani 83 yillik ibodat qilganni savobini beradi deyishgandi. Qadr kechasini topgan odamga farz bo‘lgan ibodatlarni (5 vaqt namoz, ro‘za, xaj) ado etganlik savobi beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qanday savob berishini Alloh taoloning O‘zi biladi. Lekin bu bilan bir necha yillik qazo namoz va ro‘zalar soqit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar