Merosning taqsimoti

Assalomu alaykum Ustozlar! Sizlarning qilayotgan ishlaringizga Allox madadkor bo‘lsin. Menga savolimga javob topishda iltimos, yordam bersangiz. Savolim uzun bo‘lsa, uzr. Men bugun saytdagi merosga tegishli bo‘lgan savol-javoblar arxivini qarab o‘zim so‘ramoqchi bo‘lgan savolga  deyarli javob topdim. Quyidagi fikrim to‘g‘rimi? Otam (Allox rozi bo‘lsin) vafot etganlaridan keyin, Onamlar, men (bir ayolim va bir o‘g‘il farzandim bor) bir singlim va bir ukam qoldik. Otamning Ota va Onalari (Ulardan Alloxim rozi bo‘lsin) ancha avval o‘tib ketishgan.   Amma va amakilarim xammaligisi aloxida yashashadi (o‘zlarini uy-joyligisi va oilaligisi bor). Shularni inobatga olib, merosxo‘rlar: Onam (birinchi bo‘lib xamma merosning 1/8 birini oladilar). Qolgan qismi 5 ga bo‘linib ikki xissadan menga va ukamga va bir qismi singlimga. Shu to‘g‘rimi? Oldindan Sizlarga katta tashakkur! Alloxim Sizlarni savol-javob qilmasdan Jannatga kiruvchi bandalari qatorida qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Merosga vafot etgandan qolgan uy-joy, kiyim-kechak, asbob-anjom xullas eski bo‘lsada sotilsa pul bo‘ladigan hamma narsa kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:53 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar