O‘rtada turish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir vaqtlar do‘stim er olaman deganiga bir odam er olib beradi deb ikkovini uchrashtirib qo‘ygan edim. Keyinchalik u odam pulni olib erni olib bermasdan aldab ketdi. Do‘stim sen uchrashtirding deb pulni mendan so‘rayapti. Meni bu ishga aloqam yo‘q, lekin odamgarchilik yuzasidan “agar shu pulga qodir bo‘lsam beraman” deganman, lekin qodir bo‘lganim yo‘q. U do‘stim qiyomatda mendan o‘sha pulni talab qilishini gapirib yurgan ekan. Bu gapni eshitib ko‘nglim qoldi. Men agar shu pulga qodir bo‘lsam ham bermaslikga haqqim bormi? Alloh rozi bo‘lsin hammamizdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar siz “bu odam aldab ketsa men kafilman” degan bo‘lsangiz, pul sizdan talab qilishga haqqi bor. Siz esa aldab ketgandan talab qilishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar