Xaj safari xakida

Assalomu alaykum! Yaqinda maxallamizdan xaj safariga onamga navbatlari keldi, Allohga shukur borip keldilar akam esa boshqa davlatdan bordilar u erda ko‘rishishlari uchun 15 kun farq qilip qoldi akam 15 kun kech bordilar onam 15 kun ichida ozgina kiynalip qolganlar safardan kelishdi onam 21 kunda bu erug‘ olamdan o‘tip qoldilar, onamni bolnitsadan chiqarip ol degan edilar man oxirigacha davolanip oling degan edim oxirgi dori reaktsiya bervordi. Shunga man o‘zimni juda yomon xis qilyapman onam umrilari shu ergacha bo‘lganmi yoki oxirgi dorilarini omaganlarida boshqacha bo‘lgan bo‘larmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh belgilagan muddat kelganida bir narsa sabab bo‘lib inson vafot topadi. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ فَإِذَا جَاء أَجَلُهُمْ لاَ يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً وَلاَ يَسْتَقْدِمُونَ۝34. Har bir ummat uchun muddat bor. Bas, qachonki ularga muddatlari kelsa, biror soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.  Dunyoga kelgan har bir shaxsning belgili ajali bo‘lib, o‘sha ajal kelganda, bu dunyoni albatta tark etishi haqiqat. Shuningdek, olamdagi har bir ummat – xalq va qavmning ham belgili ajali bor. Bu ajal muqarrar suratda, o‘z vaqtida keladi. Uni na biror soat oldinga, na biror soat ortga sura oladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar