Nutqim yaxshimas

Assalomu alaykum! Domla men yaxshi eshitmayman, yaxshi gapira olmayman va tushuncham past. Meni Alloh taolo shunday yaratdi va Allohga shukr aytaman. Domla men q, g xarflarni yaxshi ayta olmayman. Ammo Quron suralari va Namoz o‘qiyogganimda o‘sha  xarflarni bor suralari yaxshi ayta olmasamda menga gunox yoziladimi? Domla keyin arabcha xarflarni xam o‘rganganman ammo otam q, g chiqarasan deb majburlayapti. Men esa chiqarolmayman chunki meni nutqim yaxshimas deb tushuntirdim. Ammo otam urushdi. Domla menga maslaxat bering menga gunox yoziladimi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Astoydil bo‘lib o‘rganishda davom etsangiz ikki hissa ajr olasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar