Namozni tungi vaqtlari
Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha: biz ko‘pincha tungi namozlar haqida gap ketganda "kechaning birinchi yarmi", "kechaning oxirgi uchdan bir qismi" kabi jumlalarni uchratib qolamiz. Albatta bu vaqt (soat) bilan bog‘liq jumlalar. Ammo shu jumlalarni aynan qaysi soatlarga ishora qilishini tushuna olmadim. Iltimos, shularni soat misolida aytib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyosh botgan vaqtdan to tong otguncha kecha hisoblanadi. Shuni uchga bo‘linganda, tong otguncha bo‘lgan oxirgi uchinchi bo‘lak kechaning oxirgi uchdan biri bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 157 | Namoz