Shubhali holat
Assalomu alaykum! Mening do‘stim bir insonning qo‘lida muzqaymoq do‘konida muzqaymoq sotuvchisi bo‘lib ishlaydi. Men ba’zan shu muzqaymoq do‘konning oldidan o‘tsam tabiiyki do‘stim bilan salom alik qilaman. Shunda, u taraddudlanib sotiladigon muzqaymodan eb ketkin deb beradi. Men esa uni olishga shubhalanib do‘stimga: «bu ishing tog‘rimi va muzqaymoqni shu yo‘l bilan istemol qilishim menga halol bo‘larmikin?» deb so‘rasam, do‘stim menga: “boshlig‘imiz muzqaymoqni xohlaganimizcha eyishimizga ruhsat bergan, shuning uchun bu muzqaymoq meni hisobimdan ketsa senga ham halol bo‘lsa kerak” deb o‘zi ham ikkilanib qoldi. Shu holatga oydinlik kiritib bersangizlar. Alloh barchamizni muqarrab bandalardan qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xohlagancha eng deyish, xohlaganingizga bering deyish kabi bo‘lmaydi. Alohida ruxsat kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom