Najosat narsa yoqilgan tandir
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnimiz najosat surtilgan qog‘ozni tandirga tashlaganini ko‘rdim. Uning fikricha qog‘ozdagi najosat tandirdagi o‘t bilan yonib ketadi va hech narsa qilmas emish. Men esa bunday ish qilish yaxshi bo‘lmaydi, aksincha har narsani o‘z o‘rniga qo‘ygan ma’qul desam mendan xafa bo‘ldi. Men noto‘g‘ri ish qildimmikin deb o‘yladim. Aslida, shu kabi holatda tandirga o‘t yoqilganda va najosat yonib kulga aylangan tandirda pishgan non halol bo‘larmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholar “tezak yoqib qizdirilgan tandirga non yopish joiz” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholar “tezak yoqib qizdirilgan tandirga non yopish joiz” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom