Ribo emasmi yoki

Assalomu alaykum! Bir kishi do‘stidan 1000$ miqdorida 2 oyda berishga qarz oldi. Lekin belgilangan muddatdan 3 kun o‘tib ketti. Shunda qarz olgan odam o‘z ixtiyori bilan 3 kun o‘tib ketti deb yana 100$ bersa ribo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kechiktirgani uchun deb o‘zicha pul qo‘shib bermasin. Bu keyinchalik insonlar o‘rtasida “qarzdor kechiktirsa o‘zi bilib ustama qo‘shib berishi kerak” degan narsani urfga kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Urfga kirgach esa shartga aylanadi, u esa ribodir.Foyda keltirgan har qanday qarz ribodirQarz berganda odamlarga yordam berish, ularning hayotini engillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o‘zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina haqli bo‘ladi. Agar qarz berishda biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa ham, biror foyda qo‘shib berish urfga kirib qolgan bo‘lsa, yoki kimdir qarz olib, uni qaytarayotganda unga foyda qo‘shib berishni odat qilib olgan bo‘lsa, olingan foyda harom hisoblanadi. Masalan, «Falon so‘m qarz bersangiz, uyimdan ijaraga foydalanib turasiz, savdodan tushgan so‘mning har kunligini olib, foydalanib turasiz», «Mol olishga ketadigan kunimiz sizdan valyuta olamiz, foydalanganingiz evaziga valyutani bozor narxidan arzonga berasiz», «Hozir shu mashinangni qarzga berib tursang, yilning falon vaqtida senga yangi mashina olib beraman» va shu kabi shartlar asosida qarz berib, biror qo‘shimcha manfaat olish haromdir.
Qadimda musulmonlar o‘ziga qarz bergan kishining devori yoki daraxtining soyasidan foydalanishdan ham saqlanganlar.وعن إسماعيل بن إبراهيم بن عبدالله بن أبي ربيعة المخزومي، عن أبيه عن جده، أن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ استلف منه حين غزا حنيناً، ثلاثين أو أربعين ألفاً، فلما قدم لقضاها إياه، ثم قال النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بارك الله لك في أهلك ومالك، إنما جزاء السلف الوفاء والحمد» رواه ابن ماجه والنسائيAbu Robi’a Maxzumiy otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hunayn kuni mendan o‘ttiz yoki qirq ming qarz oldilar. Hunayndan qaytgach, qarzlarini menga qaytardilar. So‘ng: «Alloh ahling va molinga baraka bersin! Qarzning mukofoti uni to‘lash hamda rahmat aytishdir», dedilar.Qarzni ziyodasi bilan qaytarib berishYuqorida aytib o‘tganimizdek, foydani ko‘zlab qarz berish joiz emas. Lekin foyda shart qilinmay yoki urfga kirmay, qarz olgan odam qarzni chiroyli ado qilish ma’nosida olgan qarziga o‘z ixtiyori bilan biron narsa qo‘shimcha qilsa, bu yaxshidir.وعن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما قال: كان لي علي رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حق، فاعطاني و زادنيJobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mendan qarzlari bor edi. U zot menga haqqimni qaytarib, ziyoda ham qilib berdilar.
Buxoriy rivoyat qilgan. وروي عن ابن كعب وابن مسعود وابن عباس رضي الله عنهم جميعاً، أنهم نهوا عن قرض جر منفعة، لأن القرض عقد إرفاق وقربة، فإذا شرط فيه منفعة، خرج عن موضوعه، فيجب على المسلم أن ينتبه لذلك ويحذر منه، ويخلص النية في القرض وفي غيره من الأعمال الصالحة، فإن القرض ليس القصد منه النماء الحسي، وإنما القصد منه النماء المعنوي، وهو التقرب إلى الله عز وجل، بدفع حاجة المحتاج، واسترجاع رأس المال، فإذا كان هذا القصد في القرض، فإن الله تعالى ينزل في المال البركة والنماء والطيب  Ibn Ka’b, Ibn Mas’ud va Ibn Abbos roziyallohu anhumlarning barchasi foyda keltiradigan qarzdan qaytargani rivoyat qilinadi, chunki qarz rahm-shafqat va Allohga qurbat hosil qilish aqdi bo‘lib, unga qo‘shimcha foyda shart qilinadigan bo‘lsa, ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lmay qoladi. Musulmon odam buni bilishi, undan saqlanishi hamda qarz va boshqa solih amallarda niyatni xolis qilishi lozim bo‘ladi. Qarz muomalasidan maqsad moddiy o‘sish emas, balki ma’naviy taraqqiyot, Allohga muqarrab bo‘lishdir. Qarzda muhtojning hojatini chiqarib, berganining mislinigina qaytarib olish ko‘zda tutiladi. Agar mo‘min shu maqsadda qarz beradigan bo‘lsa, Alloh uning moliga baraka berib, ko‘paytiradi va poklaydi. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 11:26 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar