Otaga mehr

Assalomu alaykum! Xayrli ishlaringizda Allohim kuch-kuvvat bersin! meni bir tanishim  onasiga juda mehribon, lekin otasiga befarq. Dinimizda bu haqida nimalar deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن ابن عباس - رضي الله عنهما - قال : قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم - من أصبح مطيعا لله في والديه أصبح له بابان مفتوحان من الجنة ، وإن كان واحدا فواحدا ، ومن أصبح عاصيا لله في والديه أصبح له بابان مفتوحان من النار ، إن كان واحدا فواحدا " قال رجل : وإن ظلماه ؟ قال : وإن ظلماه ، وإن ظلماه ، وإن ظلماه Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Kim ota-onaga itoatkor holatda tong otirsa, u uchun jannatdan ikki darvozasi ochiq holda tong ottiradi. Agar birlari bo‘lsa bitta eshik. Kim ota-onasiga osiy holda tong ottirsa, u uchun do‘zaxdan ikki eshik ochiq holda tong ottiradi. Agar birlari bo‘lsa bitta eshik. Shunda bir kishi “agar ota-onasi unga zulm qilsa hammi” deb so‘radi. U zot “Ikkalasi unga zulm qilishsa ham, ikkalasi unga zulm qilishsa ham, ikkalasi unga zulm qilishsa ham” dedilar. Imom Buxoriy “Adab al-Mufrad”. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar