Shu asoslimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar insonni ikki kaftida chiziqlar bor xuddi arabcha sonlar kabi chap tomondagi kaftda 81, o‘ng tomonda esa 18 bularni qo‘shganda 99 yani Allohni ismlari soni, ayirganda 63 Payg‘ambarimiz s.a.v ning muborak yoshlarini beradi. Man shunaqa eshitganman lekin biron kitobda bu haqida o‘qimaganman shu aytganlarim asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu tahmin bo‘lib, hech bir dalilga suyangan emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar