Uzukdagi yozuv
Assalomu alaykum! Bitta uzukka Muxammadur rasulullox deb naqsh qilsa bo‘ladimi desa xa debsizlar. Ammo boshqa bir javoblarizda keltirgan xadislarizda Payg‘ambarimiz s.a.v meni uzumdek naqsh qilmanglar degan ekanlar. Shuni tushuntirib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida u zot ba’zi bir ishlardan qaytarganlar. Masalan u zotning kunyalari Abulqosim bo‘lgan. Ya’ni Qosimning otasi, shunda u zot “Meni ismimni farzandlaringizga qo‘yavering, lekin kunyamni qo‘ymang” deganlar. Shuningdek Abu Iyso deb ham kunyalanmanglar, chunki Iyso alayhissalomning otasi yo‘q. Shu kabi bir necha hadislar bo‘lib, ulamolarimiz “Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrlariga tegishli edi” deganlar. Xuddi shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari o‘sha davrda hozirgi kundagi muhr vazifasini bajargan. Bir xil bo‘lib odamlar chalkashib qolmasliklari uchun undan qaytarganlar. Hozirda esa unday holat. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar