Allohga nuqson berish, ayblash
Assalomu alaykum! Zamonaviy xayotimiz fitnalarga to‘lib ketdi, daxriylik va ateizm tobora rivojlanmoqda, bundan omi insonlar xam Allohga nuqson sifatini berishni boshlashdi, masalan Alloh nega bizni yaratti maqsadi nima edi, nega rizqni Alloh bersa dunyoda minglab insonlar ochlikdan o‘lishmoqda, nega xayvonlarni yaratib ularni azoblashi va tuproqqa aylanishi zolimlik va shunga o‘xshash minglab norizoliklar, axli ilmlarni esa savollarga javob berolmaslikda va bu Allohning xikmati deb qutilib qolishlikda ayblashadi, dinimizda rostan xam shunday savollar borki buni bandasi bilmaydi aynan shunaqa savollarni topib yurishadigan toifalar ko‘paydi, o‘zi Allohga nukson sifatini berish qaysi toifaning ishi Murjialarmi, Mutaliziymi tarixiy firqalar adashgani bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan ma’nodagi safsata va johil gaplarni dindan tashqaridagi xudosizlar chiqaradi. Ular ko‘taradigan mavzularni hammasiga ulamolar tarfidan batafsil bayon qilib javob beib qo‘yilganiga ko‘p asrlar bo‘lgan ammo omi xalq o‘qimaslikka so‘z berganday dangasa bo‘lib qolib ustoz kitob qolib OAV dan ilm olib shu bilan vaqt o‘tkazadigan bo‘lib olgani uchun shu holatga kelingan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 176 | Aqiyda