Qarzga ishlab berish

Assalomu alaykum! Meni bir do‘stimga zudlikda 3000$ pul kerak bo‘lib qoldi, uni oyligi 1000$ agarda boshlig‘idan 3000$ qarz so‘rab evaziga 4 oy ishlab beraman desa joiz bo‘ladimi? Chunki shundoq so‘rasa boshlig‘i qarz bermaslik ehtimoli katta. Aks holda foizga qarz olishga majbur bo‘lishini aytdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa joydan 3000 olib, 3000 qaytarsin. Chunki "har bir manfaat keltirgan qarz ribodir". Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar