Ramazon ro‘zasi qazosini aniqlash
Assalomu alaykum! Alloh ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin.
Allohga shukurki Ramazon ro‘zasini yoshligimdan qoldirmay yilma yil tutub kelaman. Ba’zida yoshligimda tutgan ro‘zalarimni o‘ylab qolaman, balki yoshlikda tutgan ro‘zamni xato kamchiliklari bordir, balki yoshlik qilib ro‘zamni buzib qo‘ygandirman buni eslolmayman. Agar yoshlikda tutgan ro‘zamni xato va kamchiliklari bo‘lgan bo‘lsa buni to‘ldirish uchun nafl ro‘za tutsam bo‘ladimi yoki taxmin qilib qazosini tutib beramanmi? Yoshlik vaktimda Ramazon oyida ota-onam fitr sadaqasini berganmi yo‘qmi eslolmasa bunda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘olibi gumonga amal qiling. Gumoningizni g‘olibi qanchadir kun ochib yuborgan yoki tutmagan bo‘lsangiz qazo deb niyat qilib tuting. Mabodo qazoingiz aslida yo‘q bo‘lsa tutganlaringiz nafl bo‘laveradi. Fitr sadaqasi ham shunday. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 08:57 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar