Folbin qarindosh va g‘usl
Assalim alaykum! Men tushgan xonadonda qaynonamning bir qarindoshi fol ochish, odam o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ularning ro‘zg‘ori, eb-ichishi shu kasb orqasidan. Bizga ma’lumki dinimizda fol ochish haromdir. Biz u xonadonga ko‘p borib turamiz. Ularnikiga borganimizda dasturxonga qo‘yilgan non-tuzligini esak egan luqmamiz bizga halolmi?
2). Ma’lumki er-xotin qo‘shilgandan keyin g‘usl qilishi kerak. G‘uslning farzlaridan biri badanning hamma eriga suv tekkazish. Yon atrofimizdagi ko‘pchilik qo‘shilgandan kegin badanini yuvib, boshiga 3 marta mash tortishar ekan. Shu holat tog‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ochiq-oydin o‘sha ishdan pul topishligi aniq bo‘lsa eyishdan saqlanish kerak. 2). To‘g‘ri emas. Junub odamning badanining hamma joyiga suv tegmagunicha g‘usl ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:33 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom