Namozda ayollarning oyoqlari holat
Assalomu alaykum! Aziz qalbi ziyo ustozlar, namozda o‘tirganda(ayollarda) oyoq qay holatda bo‘ladi? O‘ng oyoqning tovoni erga tegadimi yoki tegmasligi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak sajdada hamma a’zolarini alohida qilib, qo‘lini qo‘ltig‘idan yoki biqinidan, ikki sonini qornidan alohida qiladi. Orqa qismini yuqori qiladi. Bilaklarini erga to‘shamaydi. Ayol esa hamma a’zolarini yig‘ib qo‘lini biqiniga, sonini qorniga yopishtiradi. Orqasini yuqori qilmaydi. Imkon qadar o‘zini past qiladi. Ikki qo‘lini erga to‘shaydi. Qa’dad esa ikki oyog‘ini o‘ng tarafiga qilib, oyoqlarini tikka qilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:33 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar