Chap qo‘l bilan ovqat eyish haqida
bir birodarim nomidan savol beryapman. Bir hofiz qori birodarimizni chap qo‘lida taom eb o‘tirganlarini ko‘rib qoldim va "qoriaka chap qo‘lda eyishlikni nima deysiz?" deb savol berdim. Shunda qori aka bo‘ladi degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chap qo‘llarida bodring va xurmo eganligi haqida hujjat bor, degan. Hayron bo‘lib sizga yozishga qaror qildik. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘laridagi bola edim. Qo‘lim laganda borib-kelar edi. Bas, u zot menga: «Ey g‘ulom! Allohning ismi ila, o‘ng qo‘ling ila, o‘zingga yaqindan egin!» dedilar. Shundan so‘ng mening emog‘im xuddi o‘shandoq bo‘lib qoldi».To‘rtovlari rivoyat qilganlar.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz esa, o‘ng qo‘li bilan esin. Qachon biringiz ichsa, o‘ng qo‘li bilan ichsin. Chunki shayton chap qo‘li bilan eb, chap qo‘li bilan ichadi», dedilar».Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilishgan.Chap qo‘li bilan eb-ichgan odam Rohmanning amridan yuz o‘girib, shaytonga ergashgan va uning ishini qilgan bo‘ladi.Salama ibn al-Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom edi. Bas, U zot: «O‘ng qo‘ling bilan e!» dedilar.«Qodir emasman», dedi u.«Qodir bo‘lmagin! Uni kibrdan boshqa narsa man’ qilmadi», dedilar U zot. Haligi odam qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmay qoldi».Muslim rivoyat qilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifdan dinimizda ovqatlanish madaniyatiga qanchalik ahamiyat berilganini yorqin ko‘rib turibmiz. Albatta, gap ovqatlanishning islomiy madaniyati haqida ketmoqda. Ovqatlanishning islomiy madaniyatlaridan biri o‘ng qo‘l bilan emoqdir. Har bir musulmon inson bu muhim ishga alohida e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Ba’zi bir kishilar bu islomiy madaniyatga rioya qilmasalar, ularni ogohlantirish lozim.Ushbu rivoyatning qahramoni ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida ovqatlanishning islomiy madaniyatiga rioya qilmay, chap qo‘li bilan taom emoqqa tutindi. Albatta, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu holga beparvo bo‘lishlari mumkin emas edi. Shuning uchun mazkur odobsiz kishiga ta’lim berib: «O‘ng qo‘ling bilan e!» dedilar».Bundoq paytda har qanday odam ta’lim beruvchiga tashakkur aytib, o‘zini o‘nglab olishga urinadi. Odob-axloq taqozosi shu. Ammo haligi odam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga tashakkur aytib, o‘z xatosini tuzatib, o‘ng qo‘li bilan taom eyishga o‘tish o‘rniga: «Qodir emasman», dedi».Ya’ni, o‘ng qo‘lim bilan taom eyishga qodir emasman. Chap qo‘lim bilan eyishda davom etaveraman, deganidir bu. O‘zi noto‘g‘ri ish qila turib, unga mehr ko‘rsatib xatosini to‘g‘rilab qo‘ygan zot Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga nisbatan bundoq betgachoparlik qilgan nobakor har qanday jazoga va qarg‘ishga loyiq edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shuning uchun ham ochiq-oydin qilib: «Qodir bo‘lmagin!» dedilar».Ya’ni, o‘ng qo‘ling bilan taom eyishga qodir bo‘lmasang, bir yo‘la qodir bo‘lmay qolgin, dedilar. Hamda u erda hozir bo‘lganlarga tushuntirish uchun: «Uni kibrdan boshqa narsa man’ qilmadi», deb qo‘shib qo‘ydilar. Ya’ni, u odam haqiqatda o‘ng qo‘lida nuqson borligi uchun emas, xatosini tan olishdan kibr ila bosh tortib, yuqoridagi gapni aytgan edi.Shuning uchun ham, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning duolari joyida qabul bo‘ldi.«Haligi odam qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmay qoldi».Ajab bo‘ldi! Battar bo‘lsin! O‘z foydasini bilmagan, shariat hukmidan ko‘ra o‘z kiborligini ustun qo‘yadiganlar uchun bu ham oz!Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Chap qo‘l bilan taom eb bo‘lmasligi.2. Birovning chap qo‘l bilan eganini ko‘rgan odam tanbeh berib, o‘ng qo‘l bilan eyishni eslatib qo‘yishi kerakligi.3. Diniy hukmlar bo‘yicha nasihat eshitgan odam mutakabbirlik qilmasligi.4. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning duolari darhol qabul bo‘lishi.
30 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar