Musofirchilikdagi namozning savobi

Assalomu alaykum! Hozir Rossiya davlatida istiqomat qilaman. Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki namoz ado qilmoqdaman. Bir do‘stim “Musofirda o‘qib yurgan odamni  namozining savobi katta” deb aytdi. Shundaymi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibodatni vaqtida bajarishga beriladigan ajr va savoblar ikki holatda ham bir xil bo‘ladi. Faqat safardagi mashaqqatlar miqdoricha savob ziyoda qilib beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar