Kelinlarni xo‘rlanishi

Assalomu alaykum! Ustozlar, kelin degani xizmatkor deganimi? Nima uchun kelinlarni hamma yomon deydi? Kelin bo‘lib kelgan xovlisida qiz o‘rnida ko‘rishmaydi, qaynona-qaynota, qayna opa, qayni uka hammasi xohlasa so‘kadi xohlasa jirkiydi, qatorlariga qo‘shishmaydi? Kelin shunaqa xo‘rlanib yashashi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uy ishlarini bajarish kelinlarning zimmasiga vojib emas. Ular cho‘ri emaslar, balki hur ayol hisoblanadilar. Kelinlar erining yaqinlarini, xususan ota-onasini hurmatlarini qilsa, ularning xizmatlarini ado etsa, eriga bo‘lgan itoati va muhabbatini ziyodaligini alomati sifatida qilishadi. Kelinlar ham qaynota-qaynonalar va boshqalar ham o‘rtadagi adolatli mezonga qarab kelishlari kerak. Hamma o‘zi tarafga qarab tortsa oilalar tinchimaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 85 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar