Zakot masalasi

Assalomu alaykum! Zakot masalasi bo‘yicha menda ikki savol bor: 1. Shariat hukmiga ko‘ra, zakot berayotganda shu berilayotgan mablag‘ zakot ekanligini oshkora aytib berish shartmi? Yordam sifatida berilayotgan mablag‘ni zakot ekanligini niyat qilgan holda, lekin mablag‘ni oluvchi insonga buni oshkora aytmasdan bersa bo‘ladimi? 2. Zakotni qabul qilib oluvchi insonga shaxsan o‘z qo‘li bilan berish kerakmi? Biz hozir chet davlatda yashaymiz. Bunday holatda zakot mablag‘ini boshqa bir inson orqali berib yuborishga ruxsat bormi? Qilayotgan xayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Yaqin qarindoshlarim ichida zakot olishga haqli insonlar bor. Ularga bu mening zakotim deb bersam ularni yoki o‘zimni hijolatga qo‘yyaman. Shuning uchun hech qanday so‘z aytmay ularga zakotimni bersam bo‘ladimi?
Javob: Zakotni unga haqli bo‘lgan kishiga berish shart. Zakot deb nomlash shart emas.
لَا اعْتِبَارَ لِلتَّسْمِيَةِ ؛ فَلَوْ سَمَّاهَا هِبَةً أَوْ قَرْضًا تُجْزِيهِ فِي الْأَصَحّ
“(Zakotni berayotgan vaqtda) Zakot deb nomlashni hech qanday e’tibori yo‘q (lekin, zakot deb niyat qilish shart). Agar zakotni hiba yoki qarz deb nomlasa, sahih qavlga binoan joiz bo‘ladi” (Raddul muhtor).
Olingan manbaa : [url=https://fiqh.uz/index.php/ibodat/zakot/380-zakotga-oid-savol-zhavoblar

1 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 149 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar