Qiyomatga qoldi deyish
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh qilayotgan ishlaringizni chiroyli qabul qilsin. Yaqinda menda quyidagicha xolat yuz berdi: Bir ustaga buyum yasatish uchun buyurtma qildim. Narxi xaqida biroz tortishganimizdan keyin bir tuxtamga keldik va oldindan qo‘liga 100 % pul berdim. U bu buyumni boshqa kishi buyurtmasi bo‘icha yasayotgan edim, lekin mayli sizga buni berib unga boshqasini yasab beraman, ikki kun ichida olib ketishingiz mumkin dedi. Shundan so‘ng u aytgan muddatning ertasiga telefon qilib natijasini so‘rasam yana 2 kun muddatni aytdi. Shu tariqa yana bir yoki ikki marta shunday xolat yuz berdi. Xar safar man u aytgan muddat o‘tganidan keyin, o‘zidan xabar kelmaganidan keyin telefon qildim. Va nixoyat to‘rtinchi safarda u ertaga olib ketishingiz mumkin va yana qo‘shimcha pul olib keling dedi. Men esa siz bilan o‘sha kuni pul xaqida gaplashib olganmiz desam u buni eslolmadi va pul olib kelmasangiz bo‘lmaydi dedi. Aks hxolda sizga buyumni norozi bo‘lgan xolatda beraman, dedi. Shunda men yaxshi u holda buyum menga kerak emas pulimni qaytaring dedim. U esa qaytirshdan bosh tortdi va mayli buyumni olib keta qoling dedi. Lekin endi men u narsani olishni istamayman. Suxbat orasida bilishimcha, u menga beraman degan buyumni boshqa birovga berib menga yangidan yasayotgan ekan. Endi uni olib keting ertaga tayyor bo‘ladi dedi. Men unga pulimn qaytarib bering, yoki shu buyumni sotib keyin qaytarib bering dedim. U esa ko‘nmadi. Shu tariqa tortishdik. Qisqasi u menga pulimni qaytarishdan bosh tortdi. Men esa buyumni olishdan bosh tortdim. Birozdan so‘ng men yaxshi, agar bermasangiz kechdim, qiyomatga qolsin dedim. Suxbatimiz tugadi. Oradan ikki xafta o‘tdi. U menga telefon qilmadi. Men yana ustaxonasiga borib qarasam, buyumni sotib yuboribdi. Pulimni bering desam, turt kunda yasab beraman olib ketasiz dedi. Men esa yana olishdan bosh tortdim. Tortishdik. U kechdim degan edingiz, lafzingizda turmaysizmi, erkakmisiz dedim. Men agar shu pul qiyomatga qolsa xursand bulasizmi desam, u xa dedi. Men yaxshi, qiyomatga qoldi. Bolalaringizdan ko‘rasiz buni natijasini deb, ketdim. Va o‘z o‘zimga chin dildan shu puldan voz kechdim, endi so‘ramayman dedim. Savolim shundan iboratki, men bu erda xatoga yo‘l qo‘ymadimmi? Usta pulni qaytarmoqchi emas, men esa buyumni olmoqchi emasman. Shu holatda mayli qiyomatga qolsin deb, bir musulmonni (ustani) oxirat kunida og‘ir xolga tushib qolishiga sabab bo‘lib qolmayapmanmi? Ya’ni shunday xolatda haqiqiy mo‘min sifatida qanday ish ko‘rganim ma’qul bo‘ladi?
Savolim uzayib ketgani uchun uzr so‘rayman, shunchaki vaziyatni to‘liqroq tushintirib bermoqchi bo‘ldim. Menga ajratgan vaqingiz va berajak javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqini dunyoda undirishga imkoni bo‘la turib, oxiratga qoldirish zaiflik va nochorlikdir. Bu esa, musulmonning axloqidan emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
Savolim uzayib ketgani uchun uzr so‘rayman, shunchaki vaziyatni to‘liqroq tushintirib bermoqchi bo‘ldim. Menga ajratgan vaqingiz va berajak javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqini dunyoda undirishga imkoni bo‘la turib, oxiratga qoldirish zaiflik va nochorlikdir. Bu esa, musulmonning axloqidan emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat