Yolg‘onga sherik bo‘lmaymanmi?

Assalomu alaykum! Malika savdo markazida xaridorlarga uy uchun texnikalar etkazib beraman. Ba’zida sotuvchilar xaridor haqqiga xiyonat qilishadi yoki eskini yangi deb sotishadi. Menga ham aldaganini aytmasligini yoki har xil yolg‘onlar ishlatishmni so‘rashadi. Yolg‘on ishlatmaymanku lekin to‘g‘risini aytsam o‘sha magazin menga boshqa yuk bermaydi. Aldaganini bilib turib, men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rizqni do‘konchilardan emas Alloh taolodan umid qiling. حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «إِنَّ الْغَادِرَ يُنْصَبُ لَهُ لِوَاءٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، فَيُقَالُ هَذِهِ غَدْرَةُ فُلَانِ بْنِ فُلَانٍ» Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni xoinga bir yalov o‘rnatilib, «Bu falonchining farzandi falonchining xiyonatidir», deyiladi», dedilar». وَقَالَ بَعْضُ النَّاسِ: الْجَارِيَةُ لِلْغَاصِبِ لِأَخْذِهِ الْقِيمَةَ، وَفِي هَذَا احْتِيَالٌ لِمَنِ اشْتَهَى جَارِيَةَ رَجُلٍ لَا يَبِيعُهَا فَغَصَبَهَا، وَاعْتَلَّ بِأَنَّهَا مَاتَتْ، حَتَّى يَأْخُذَ رَبُّهَا قِيمَتَهَا، فَيَطِيبُ لِلْغَاصِبِ جَارِيَةَ غَيْرِهِ. قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «أَمْوَالُكُمْ عَلَيْكُمْ حَرَامٌ»، «وَلِكُلِّ غَادِرٍ لِوَاءٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»  Ba’zi odamlar: «Joriya tortib olgan kishiniki bo‘ladi, chunki (xojasi) bahosini olib bo‘ldi», deyishadi. Bunda birovning sotmaydigan joriyasini istab qolgan kishi uchun hiyla bor. U joriyani tortib olib, o‘lgan, deb bahona qiladi, xojasi esa uning bahosini oladi. Natijada tortib olgan kishiga birovning joriyasi halol bo‘lib qoladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mollaringiz bir-biringiz uchun haromdir», «Qiyomat kuni har bir xiyonatkorning (xoinligini anglatuvchi)  yalovi* bo‘ladi», deganlar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Yalov deb – xiyonatini bildirib turuvchi bayroqni aytiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar