Turmushga chiqqan qiz

Assalomu alaykum! Ayol kishi turmushga chiqqanidan keyin ham ota-onasini oldidagi majburiyatlari bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Turmushga chiqmasidan oldin barcha nafaqa, ta’lim-tarbiya ota-onaning zimmasida bo‘ladi. Turmushga chiqqach ularning barchasi erning zimmasiga o‘tadi. Shuningdek farzandni ota-onaga qiladigan xizmat, itoatkorligi turmushdan keyin erning haqqiga o‘tadi. Ota-onaning boquvchisi bo‘lmasa yoki bemor bo‘lsalar qizdan boshqa farzandlari bo‘lmasa qizning zimmasiga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:52 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar