Tashaxxud (attaxiyat)

Assalomu alaykum! Sizlarga sog‘lik tilib, quyidagi savolni bermoqchiman. Savolim, to‘rt rakatli farz yoki sunnat namozlari haqida. To‘rt rakatli namozning ikkinchi rakatidagi tashaxxud(attaxiyot)dan keyingi salovat va duolar aytilib ketsa, eslab uchinchi rakatga turib davom ettirsa, sajdai saxv qilish kerak bo‘ladimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eng kami “Allohumma solli ala Muhammadin”gacha o‘qigan bo‘lsa turib qolgan rak’atlarni o‘qib oxirida sajdai sahv qilinadi. Undan kamini o‘qigan bo‘lsa sajdai sahv ham vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar