Etim haqqini egan bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bir ayolning singlisi beva bo‘lib opasinikida yashasa, ro‘zg‘orni opaning eri yuritib tursayu, beva singil ham shu uyda yashayotgani uchun ro‘zg‘orga yordam qilsa, qolganlar etim haqqini egan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Egan bo‘lmaydi. Chunki u mulk etimlarning haqqi bo‘lmay ayolning shaxsiy mulki hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:06 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar