Namozni o‘qish jarayoni tezligi

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahli, izlash xizmatidan foydalandim javob chiqmadi. Alhamdilullah namozni o‘qishni boshlab sekin-sekinlik bilan barcha qoidalarini mukammal o‘rganishga harakat qilib borayapman. Yaqinda masjidga jamoat namoziga ham chiqishni boshladim. Men namozni hayotda inson qanday gapirsa, shu tempda uyda qiroat bilan o‘qiyman. Lekin, jamoat namozida shuni kuzatdimki, iqtido qilgan imom ham va jamoat ham namozni juda tez o‘qishar ekan, ular bilan birga o‘qishga ulgurmay qolyapman yoki ular bilan teng o‘qiyman desam, qiroatlarim chala qolib ketayapti. Jamoat namoziga birga chiqayotgan do‘stimga shu masalani aytsam, namozni sekin o‘qib bo‘lmaydi dedi, bunaqa tez o‘qisam xushu’ yo‘qolayapti desam, jamoatdan qolmay shunaqa tez o‘qiyvering dedi. Savolim shuki, o‘zi qoida bo‘yicha namozni qanday tezlik yoki tempda o‘qish kerak? Namozda o‘qiyotgan qiroatning ma’nosini chaqib anglab o‘qish kerakmi, yoki yoddan tez aytib o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzni jamoat bilan o‘qib, sunnat va vitrlarni xohlaganingizdek o‘qiyvering. Namozni jamoat bilan teng tugatishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:01 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar