Nazr kafforoti

Assalomu alaykum! Agar inson ma’lum bir muddatga qadar biror bir ishni qilmaslikni nazr qilsa, lekin o‘z vaqtidan avval u ishni qilib qo‘ysa, buni kafforati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror narsani qilishga nazr qilinsa uni bog‘lanishi uchun nazr qilgan narsasining farzdan biror o‘xshashi bo‘lishi kerak. Masalan nafl namozni o‘qishga nazr qilsa uning misoli bo‘lgan farz namozlari bor. Sadaqa qilishni nazr qilgan bo‘lsa, uning misoli farz bo‘lgan zakot bor. Biror ishi bitsa nafl ro‘za tutishni nazr qilgan bo‘lsa, uning misolida ramazon ro‘zasi bordir. Farzdan misoli bo‘lmagan narsalarni nazr qilish bilan nazr bog‘lanmaydi. Masalan faloncha kun gapirmaslikni nazr qildim – desa, bu nazr bo‘lmaydi. Chunki gapirmaslikni farz bo‘lgan ibodatdan biror misoli yo‘q. Sizning holatingizda nazr degan narsa yo‘q. Agar “shuni qilmaslikka qasam ichdim” degan bo‘lsangiz, qasamingizni buzgan bo‘lib, kafforatini to‘lash zimmangizga vojib bo‘ladi. Qasamlardan esa farzdan misoli bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar