Ofitsiantning ish haqi

Assalomu alaykum! Ofitsant har bir xo‘rrandaning egan pul miqdoridan foiz olishi joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kungacha fuqaholarimiz “ijaraga yollangan kishining xizmat haqqi muayyan bo‘lishi kerak” degan qoidani “muayyan narsa va miqdor bilan” deb tafsir qilar edilar. Ya’ni “xizmat haqini foizda belgilash joiz emas” der edilar. Shu kunlarda dunyo miqyosida keng tarqalgan pul o‘tkazmalari haqida esa “joiz” degan fatvoni bermoqdalar. Bu esa o‘z-o‘zidan xizmat haqini foizda belgilash joizligini taqozo qiladi. Chunki pul o‘tkazma ishlari ijara hisoblanadi va undagi xizmatlar haqi foizda belgilangan. O‘tkazilayotgan pulning miqdoriga qarab xizmat haqlari o‘zgaradi. Shu fatvodan kelib chiqib, ofitsiantlarning xizmat haqlarini foizda belgilash ham joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar