Kim to‘laydi?

Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘imga xo‘jayini neksiya olib bergandi. Uni ancha xaydab yurdi, keyin birga ishlaydigan sherigi xo‘jayindan so‘rab, xo‘jayinning ishlarini bajardi. Moshina so‘ragan odam hech kimdan so‘ramasdan moshinaga 1.000.000 xarajat qildi va uni o‘rtog‘imning bo‘yniga qo‘ydi. O‘rtog‘im bundan bexabar edi. Savolim shuki o‘sha 1.000.000ni o‘rtog‘im berishni xohlamayapti, sabab moshinani arzimagan narsalariga ishlatgan. Uni bermaslikka haqqi bormi? Xo‘jayin esa “o‘zlaring hal qillaring manga farqi yo‘q” debdi. Buning masalasi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha ta’mirlangan qismlarini bu odam bevosita buzgan bo‘lsa, to‘laydi. Ammo ish jarayonida ish tufayli etgan talofat bo‘lsa, talab qilishga haqqi yo‘q. Mashinaning haqiqiy egasidan talab qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar