Lafz

Assalomu alaykum! Men bir kishiga qarashli studiyani boshqaraman. Ishxonadagi apparatni bir ishchimizga “ishdan ketayotgan vaqtingda urishib qolgan taqdirimizda ham senga beraman” deb ko‘pchilikni oldida gapirgan edim. Keyinchalik boshliqdan “shuncha vaqt bizda ishlagani uchun so‘rab olaman” deb niyat qilgandim. Lekin u ishchimizni qing‘ir ishlar qilgani sababidan ishdan bo‘shatib yubordik. Endi shu ishchimizga shu aytilgan apparatni berish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Va’da bergan bo‘lsangiz, va’dangizni ustidan chiqasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar