Qurbonlik qilish tarixi
Assalomu alaykum! Bilamizki Alloh taolo Odam alayhissalomning farzandlari Qobil va Hobilga qurbonlik qilishni buyuradi. Shunda Hobil qo‘chqorni qurbonlik qilganmi? Ibrohim alayhissalomga o‘g‘li Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishga buyurulganda jannatdan qo‘chqor tushgan. Savolim shuki qo‘chqor birinchi kimga tushgan? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu Ismoil alayhissaloman oldin er yuzida qo‘chqor bo‘lmagan degan narsaga dalolat qilmaydi. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi : وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِن أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الآخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ 27. Ularga Odamning ikki o‘g‘li xabarini haq ila tilovat qilib ber. O‘shanda ikkovlari qurbonlik qildilar, bas, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni o‘ldirajakman», – dedi. (Narigisi) aytdiki: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir. Eski tafsirlarda Odamning bu ikki o‘g‘li kimlar ekani, nima uchun qurbonlik qilishgani, bittasidan qurbonlik qabul bo‘lmaganligining sababi va boshqa tafsilotlar uzundan-uzoq bayon qilinadi. Hatto boshqa dinlarning kitoblaridan ham ma’lumotlar keltiriladi. Ehtimol, o‘sha ustoz mufassirlar yashagan zamon taqozosi shu bo‘lgandir. Ehtimol, ular yashagan madaniy va ma’rifiy muhit shuni taqozo qilgandir. Ammo aslini olganda, Qur’oni Karim hidoyat Kitobi, unda keltiriladigan qissalar ham kishilarni hidoyat qilish ishiga hissa qo‘shadi. Bu ishda esa shaxslarning ismi, voqea bo‘lib o‘tgan joyning nomi, er maydoni kabi chegara va raqamlarga bog‘liq ma’lumotlar uncha ahamiyatsiz. Oxirgi paytda o‘tkazilgan ilmiy tekshirishlar, xususan, Qur’oni Karimni boshqa samoviy kitoblar bilan solishtirib ko‘rishlar ham ushbu fikrni tasdiqlab chiqdi. Shuning uchun zamonaviy tafsirchilarimiz mazkur qo‘shimcha ma’lumotlarga berilib ketmasdan, asosiy e’tiborni Qur’oni Karim zikr etgan hodisalarning mohiyatiga qaratishni maslahat beradilar. Haqiqatan ham, ushbu qissada zikr qilingan «Odamning ikki o‘g‘li»ning ismlarini bilishdan hidoyat yo‘lida biror foyda bo‘lganida, Allohning O‘zi aytib qo‘yar edi. Shuningdek, qurbonlik qilishning sababini va nima uchun bittasining qurbonligi qabul bo‘lmay qolishining boisini bilish ahamiyatli bo‘lganida, Allohning O‘zi zikr qilgan bo‘lardi. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xitoban, ushbu qissani kishilarga tilovat qilib berishni amr qilmoqda. Odamning ikki o‘g‘li bor ekan, ular qurbonlik qilishibdi. Birlarining qurbonligi qabul bo‘libdi. Ikkinchilarining qurbonligi qabul bo‘lmabdi. Shunda qurbonligi qabul qilinmagan o‘g‘il qurbonligi qabul qilinganga hasad qilib, ko‘ra olmasdan: «Albatta, men seni o‘ldirajakman», – debdi. Inson qalbiga hasad kirganda shunday bo‘ladi. Qurbonligi qabul bo‘lmagani uning yaxshi kishi emasligiga dalolat edi. Ikkinchi o‘g‘ilning qurbonligi qabul bo‘lishi esa uning yaxshi insonligi uchun edi. Yaxshi odam doimo yaxshi bo‘ladi. Hatto qiyin va shiddatli paytlarda ham, hayoti xavf ostida turganda ham yaxshiligicha qoladi. U o‘ziga tajovuz qilib turgan shaxsga qarab, xotirjamlik bilan: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir», – dedi Insonning yaxshi amallarining, jumladan, qurbonligining Alloh taolo huzurida qabul bo‘lishi amal egasining taqvodor ekanini anglatadi. Bu bilan u o‘ziga suiqasd qilib turgan dushmanni ham taqvodor bo‘lishga da’vat etdi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar