Odamlarni kuldirish

Assalomu alaykum! Odamlarni kuldirish katta gunoh deb eshitdim. Do‘stlar davrasida ham bo‘lgan voqealarni eslab kulishish ham mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘on narsalarni aytib, kimlarnidir g‘iybat va mazax qilib, kimlarnidir nafsoniyatiga tegib kuldirish joiz emas. Bo‘lib o‘tgan voqe’alarni agar gunoh ishlar bo‘lmasa eslab kulishda hech qanday karohiyat yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar