Sudxo‘rligini bilmagan edim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalgi savolimga qimmatli vaqtlaringizni ayamasdan javob berganingiz uchun sizlarga katta rahmat. Keyingi savolim quyidagicha: Menga 5 mln.sum pul juda zarur bo‘lib qoldi va bu pulni bir tanishimdan qarzga oldim. Tanishim bu pulni o‘zi ishlatsa men qaytarmoqchi bo‘lgan muxlatgacha ancha daromad qilishi mumkinligini aytib, agar men 12 mln qilib qaytarsam pulni berishini aytdi. Men rozi bo‘ldim, sababi men bu pulga juda muhtoj edim. Yaqinda menga bunday pul muomalasi riboga kirishini va men ham bu gunohga teng sherik ekanligimni aytishdi. Hozirgi kunda men so‘ragan muddat tugadi va men unga 6 mln.400ming so‘m berdim. Pulni olayotganimda u kishini taklifiga ko‘ra 12 mln. oldim deb tilxat yozib beruvdim. Maqsadim pulni bermaslik emas, qanday qilsam to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘laman. Men shuncha pulni berishga rozi bo‘lib tilxat yozgandim. Iltimos javobsiz qoldirmasangizlar. Vaqtingizni olganim uchun ming bora uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning sudxo‘rlik ekanligi kunduzidagi quyoshdek ravshan. Shar’an olgan pulingizdan ortiqchasini berish zimmangizga vojib emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning sudxo‘rlik ekanligi kunduzidagi quyoshdek ravshan. Shar’an olgan pulingizdan ortiqchasini berish zimmangizga vojib emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom