Topgan daromadimni xalollasam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Shnday bir savol bor: Bir tijoratchi opaga 2500$ berdim. Oldi-sotdi bilan shugullanadilar, maxallada oziq-ovqat rastalari bor. Mana necha yildirki xar 100$ sarmoyam uchun oyiga 100 000 beradilar. Dollar ko‘tarilsa xam, tushsa xam axamiyati yo‘q. Karantin davrida savdolari bo‘lmagani uchun o‘zim berilgan pulni olmadim. Qancha foyda ko‘radilar, qancha zarar ko‘radilar, bundan xabarim yo‘q. Manga topilgan foydadan ulush berishlarini so‘rasam, masalan 50/50 yoki 60/40, qancha foyda kshrayotganlarini xisoblay olmas ekanlar. Yoki erinadilar. Daromadimdan shubxam bor. Xar oy 2,5mln foyda olib o‘tiribman. Shu ishimni xalollash uchun oylikka olishlarini so‘radim. Evaziga ertalab va kechqurun narsalarini olib chiqish, olib kirib qo‘yishga yordam bermoqchiman. Shunda daromadim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hiyla qilish durust emas. Siz qilib bermoqchi bo‘lgan hizmat o‘sha 2,5 mlnga arzirli emas. Ikki tomon ham bu ish riboga hiyla bo‘layotganini tushunib turibdi. Pulingizni qaytarib oling va muzoraba sifatida qayta tiking. Shu vaqtgacha olgan pullaringizni esa qaytarib bering. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 19:40 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom