Qarz qaytarilmasa

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir musulmon birodarim mendan ma’lum miqdordagi qarzi mavjud. U buni to‘lashga qodir, ehtiyojidan ortiq er-mulki etarlicha. Lekin ancha muddat davomida qarzini to‘lashni paysalga solib, turli bahonalarni ro‘kach qilib kelmoqda. Uni bu qilayotgan ishi zulmga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zulm bo‘ladi. «مطل الغني ظلم» Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Boy (qodir) bo‘laturib qarzni kechiktirish zulmdir», deganlar. Muttafaqun alayh. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar