Oyoq og‘riganda

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, izlash bo‘limidan topolmadim.  Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Onamning oyoqlari biroz og‘rib qolgan. Yaqinda yana shikast etkazib qo‘ydilar. Onajonim 5 vaqt namozga taxorat olishga qiynalyaptilar. Sababi har gal oyoqlariga suv tekkanda og‘rib qolyapti.  Savolim quyidagicha: Onam xar kuni tongda Bomdodga to‘liq taxorat olib, qolgan Namozlarga taxorat olganda paypoq ustidan suv tekkazib qo‘ysalar bo‘ladimi? Katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Mahsi kiyib, mash tortib qo‘ysa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:28 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar