G‘iybat haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayxi vasallam: “Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g‘iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o‘sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyida sharmanda qiladi», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Shu hadisni oxiriga tushuna olmadim. Iloji bo‘lsa sharhini yozib yuborsangizlar. Alloh rozi bo‘lsin rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي بَرْزَةَ الْأَسْلَمِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَا مَعْشَرُ مَنْ آمَنَ بِلِسَانِهِ وَلَمْ يَدْخُلِ الْإِيمَانُ قَلْبَهُ لَا تَغْتَابُوا الْمُسْلِمِينَ، وَلَا تَتَّبِعُوا عَوْرَاتِهِمْ، فَإِنَّهُ مَنْ اتَّبَعَ عَوْرَاتِهِمْ يَتَّبِعِ اللهُ عَوْرَتَهُ، وَمَنْ يَتَّبعِ اللهُ عَوْرَتَهُ يَفْضَحْهُ فِي بَيْتِهِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g‘iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o‘sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyida sharmanda qiladi», dedilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.
Oxiratda ham g‘iybatchilar jazosiz qolmaydilar. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Kishi aybini hammadan yashirib o‘zini uyini ichidan chiqmasdan berkinib o‘tirsa ham Alloh sharmandasini chiqarib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 205 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar