Murtadlarning tavbasi qabul bo‘ladimi?
Hozirgi kunda ko‘payib ketgan missionerlik harakati ta’sirida dindan chiqqan murtadlar keyinchalik astoydil tavba qilib Allohning birligiga iymon keltirsalar, tavbalari qabul qilinadimi? Bir birodarimiz tavba qilsalar ham ularng do‘zahiyligi aniq, chunki Alloh shirkni kechirmaydi, deb aytib qoldilar. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masalaga juda ham diqqat bilan qarash kerak. Alloh taolo shikrning kechirmasligini O‘zi Qur’oni Karimda ochiq aytib qo‘ygan. Ammo bu aytgani shirk kelitirgan odam shirkdan tavba qilmay o‘tib ketsa, kechirmasligidir. Ammo sharkdan keyin tavba qilinsa, Alloh kechiradi. Alloh taolo shirkdan boshqa hamma gunohni kechiradi, faqat shirkni kechirmaydi, degani tavba qilmasa, deganidir. Ya’ni, bu Allohning xohishiga bog‘liq, istasa, shirk keltirmaganlarning gunohini ular tavba qilmasalar ham kechirishi mumkin. Ammo shirk keltirganlarnikini faqat tavba qilganlaridagina kechirishi mumkin. Binobarin adashib, boshqa dinga o‘tib qolganlar, tavba qilsalar, Alloh taolo ularni kechirishi bor.
30 Aprel 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda