Kufr xakida

Assalomu alaykum! Xozir masjiddan xufton namozini ukib kaytdim, namozdan keyin imom bir oz maruza kildi, aytdiki agar kuchaga chikib nega kishda kor egmayapti deb nolisangiz  eki yana bir misol : agar dexkon bulsangizda xosilingizga zarar etsa ey xudo deb shikoyat kilsangiz kufrga ketgan bular ekansiz va abadiy duzaxga duchor bular ekansiz. u fikrlar tugrimi? agar tugri bumasa nega bazi imomlar oddiy insonlarni kurkitadi eki chuchitib yuboradi dindan? axir dinni astalik bilan tushuntirish kerakku axir, yukorida aytgan misollarimdan ancha katta bulgan gunoxlarni kilamizku biz bandalar lekin xudo kechiradi deb tavba kilsak Ollox kechiradiku? Oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqdirga rozi bo‘lish va uni qabul etish mo‘minning iymoni shartlaridandir. Shunday bo‘lgach barcha holatlarga rozi bo‘lishimiz kerak. Siz aytib o‘tgan domlaning ma’ruzalarini eshitmasdan xulosa qilishimiz noto‘g‘ri. Ammo yuqoridagi kabi holatlarda kofir bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar