Tovar olib sotish

Assalomu alaykum! Ustozlar, Biror bir tovar yoki buyum (masalan telefon) olib sotish savdosida masofaning ham ahamiyati bormi? Yoki bir kishidan sotib olib, xuddi shu joyning o‘zida boshqa bir kishiga sotib foyda ko‘rsa bo‘ladimi? Hozirgi kunda bozorlarda bunaqa ishlar juda ko‘p amalga oshirilmoqda. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat belgilagan me’yorlarga amal qilgan holda qilingan oldi-sotdilarda masofaning ahamiyati yo‘q. Lekin savdoning shartlari topilishi muhim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar