Yutuqli o‘yinlar

Assalomu alaykum! Kecha, bir tanishim bilan yutuqli mahsulotlar (Sitro, Tizer, Smayl tea kabi) borasida bahslashib qoldik. Men bu tarzdagi o‘yinlarni qimor deb yurardim. Chunki, saytda quyidagi javobni o‘qigan edim: Shu o‘rinda yana takror eslatib o‘tamiz, mahsulotni ichish, eyiladigan bo‘lsa eyish maqsadida sotib olsayu undan yutuq chiqsa olsa joiz. Odatda o‘zi ichmaydigan yoki ichishga yaroqli bo‘laturib arzimas pul ekan omadim kelsa yutug‘ini yutib olarman degan maqsadda sotib olsa joiz emas, chunki bu qimorga kiradi. Shu holda yutib olsa uni ham olish joiz emas. Vallohu a’lam! (https://savollar.islom.uz/s/109413) Shu sababdan o‘sha tanishimga bu javobni ko‘rsatish maqsadida saytdan o‘sha javobni qidira boshladim va boshqa javoblarni ham o‘qib ko‘rdim va ba’zi javoblarni o‘qib ikkilanib qoldim. Masalan Savol: Assalomu alaykum! Hozirda yaxna ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mahsulot tezroq sotilishi xaridorlarni qiziqtirish uchun yutuqli aktsiyalar o‘tgazlayapdi, ya’ni ichilgan suv idishni qopqog‘ida hariflar bo‘ladi shu hariflarni birlashtirib misol uchun “Televizor“ deb so‘z tuzsangiz aktsiyada televizor yutib olish mumkin. Savolim: shuki bu yutuqni olish joizmi? Javob: Va alaykum assalom! Mukofot bir tomondan tikilgani uchun hamda shu mukofotni deb mahsulotning narxiga qo‘shilmasa joiz. Vallohu a’lam! (https://savollar.islom.uz/s/71685) Savol: Hurmatli ustoz.Bugungi kunda turli tijoriy kompaniyalar xaridorlarni o‘z xizmatlaridan foydalanishga,o‘z maxsulotlarini sotib olishga qiziqtirish maqsadida turli yutuqli tadbirlar uyushtirishadi.Kompaniya xizmatidan foydalanish uchun pul to‘lagan qaysidir mijozga yutuqli chek chiqadi yoki sotib olingan qaysidir maxsulot ichidan yutuq chiqadi (sotiladigan masalan ming dona qadoqlangan maxsulot ichiga besh yoki olti dona yutuq yashirilgan bo‘ladi).Kundalik hayotimizda bu masalaga to‘qnash kelmoqdamiz.Shuning uchun bu ishning shari’iy hukmini bilib olmoqchi edim.Alloh barchamizni sirotol mustaqiymda qilsin,foydali ilm bersin! Javob: Mumkin (https://savollar.islom.uz/s/14950) Bu savollar meni o‘ylantirib qo‘ydi. Ammo, quyidagi javoblarni o‘qib yakuniy hulosam quyidagicha bo‘ldi: https://savollar.islom.uz/s/83482 https://savollar.islom.uz/s/116806 1) Agar inson o‘sha mahsulotni yutuq maqsadida emas, iste’mol maqsadida olsa va bu mahsulotda yuqoridagi tarzdagi aksiya borligini bilmasa va o‘sha mahsulotdan yutuq chiqsa, o‘sha yutuqni olishi joiz. 2) Agar inson o‘sha mahsulotni iste’mol maqsadida emas, yutuq maqsadida olsa va bu mahsulotda yuqoridagi tarzdagi aksiya borligini bilsa va o‘sha mahsulotdan yutuq chiqsa, o‘sha yutuqni olishi joiz emas. 3) Ichidan yutuq chiqishi aniq bo‘lsa (masalan, kraska qutisi ichiga stakan solib qo‘yilgan bo‘ladi yoki “Kinder syurpriz”) joiz. 1-savolim: yuqoridagi hulosalarim to‘g‘rimi? https://savollar.islom.uz/s/71685 linkidagi javobda shu mukofotni deb mahsulotning narxiga qo‘shilmasa joiz deyilgan. Tushunishimcha, bu holatda ishlab chiqaruvchi mahsulotni 2000 so‘mdan sotayotgan bo‘lsa, aksiya e’lon qilgach ham, o‘sha mahsulotni 2000 so‘mdan sotsa joiz. 2-savolim: Bu holatda baribir o‘sha mahsulotni sotib oluvchilarning niyati yutuqqa ega bo‘lish bo‘lsachi? Bu qimorga kirmaydimi? Chunki bu holatda ham misol uchun 10 mingta inson o‘sha mahsulotni yutuq chiqarmikan deya tavakkal qilib oladi. Ammo yutuq deylik 10 ta ishtirokchiga nasib qiladi. Qolganlar esa yutqazishadi. (Shu o‘rinda 3-savolim: o‘sha tanishimning aytishicha, bu holatda yutuq chiqmaganlar ham yutqazishmaydi, chunki ularda o‘sha narhdagi mahsulot qoldiku. Men esa buni inkor qilaman. Chunki ularning asosiy maqsadi iste’mol emas, yutuq edi. Bu holatning xukmi qanday?) 4-savolim: https://savollar.islom.uz/s/14950 va https://savollar.islom.uz/s/116806 linkidagi javoblar ikki hil emasmi? (Bu bilan fatvo beruvchilarning bilimini sinash yoki boshqa yomon niyatim yo‘q. Shunchaki, haqiqatan xam ikkilanib qoldim. Balkim, masalaning men e’tibor bermayotgan jihatlari bordir. Shunaqa jihatlari bo‘lsa bilishim uchun savol yo‘llayapman. Agar bilmay noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr) 5-savolim: https://savollar.islom.uz/s/14950 linkida ustozimiz “mumkin” deya javob berganlar. Savolda quyidagi holatda “sotiladigan masalan ming dona qadoqlangan maxsulot ichiga besh yoki olti dona yutuq yashirilgan bo‘ladi” baribir ko‘pchilik yutuq maqsadida sotib olib, yutuqni sanoqli insonlar olmayaptimi? (Bu holatda xam bilmay noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr. Ustozimizning bilimlariga shubham yo‘q.) 6-savolim: Yaqinda universitetimizda “Paintball” o‘yini bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada bir nechta guruh qatnashdi. O‘yinga kirish 40 000 so‘m edi. Adashmasam, bu pul shunchaki o‘yin o‘ynash uchun to‘lanadigan pul edi. O‘yindagi sovg‘a bu puldan shakllantirilganmi yoki yoqmi buni bilmadim. Ammo, shubham bo‘lgani uchun bu o‘yinga qo‘shilmadim. Chunki uni yuqorida keltirilgan qoidalarga tushsa kerak deb o‘yladim. Bu o‘yin ham yuqoridagi qoidalarga tushadimi? (Shu o‘rinda yana bir savol bermasam bo‘lmaydi. Chunki savolning mohiyati shu o‘rinda yanada ravshanroq ko‘rinadi. 7-savolim: Shu o‘yinni o‘ynamoqchi bo‘lgan do‘stimga ham bu o‘yindan shubham borligini aytdim. Va unga “sizga bu o‘yinni o‘ynashni maslahat bermayman. Chunki unda qimor elementlari bor deb o‘ylayman” deb aytdim. Unga, bu o‘yin aniq qimor deb aytmadim. Shunchaki shubxam borligini aytdim. Shu holatda fatvo berib qo‘ymadimmi?) 8-savolim: Yuqoridagi kabi bir mavzu doirasida bir nechta savol yo‘llasak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi o‘qiganingiz to‘g‘ri. Siz to‘g‘ri aytibsiz. O‘sha o‘yinga qatnashish uchun to‘langan pullar yutuq sifatida qo‘yiladi va qimor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar