salom berish xakida
Assalomu alaykum! Bergan salomingizga kiyomatda er guvox utadi deb eshitgan edim shu xakida aytib utsangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Fussilat” surasida :وَيَوْمَ يُحْشَرُ أَعْدَاء اللَّهِ إِلَى النَّارِ فَهُمْ يُوزَعُونَ 19. Allohning dushmanlari olovga jamlanadigan, ular tizib qo‘yiladigan Kunda...
Bu Kun qiyomat kunidir. O‘sha kuni Allohning dushmani bo‘lmish kofirlar mahsharga to‘planadilar. Ular do‘zaxga tashlanishlari uchun jamlanadilar. So‘ngra bir-birlariga etib olishlari uchun avvalgilari to‘xtatilib, oxirgilari surib kelinadi.حَتَّى إِذَا مَا جَاؤُوهَا شَهِدَ عَلَيْهِمْ سَمْعُهُمْ وَأَبْصَارُهُمْ وَجُلُودُهُمْ بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 20. Nihoyat, unga etib kelishgach, quloqlari, ko‘zlari va terilari qilib o‘tgan narsalari haqida ularga qarshi guvohlik beradilar.
Allohning dushmanlari bo‘lgan kofirlar jahannam tomon haydalganlaridan keyin, jahannamga etib kelishgach, gunohlari haqida quloqlari, ko‘zlari va terilari ularga qarshi guvohlik beradi.وَقَالُوا لِجُلُودِهِمْ لِمَ شَهِدتُّمْ عَلَيْنَا قَالُوا أَنطَقَنَا اللَّهُ الَّذِي أَنطَقَ كُلَّ شَيْءٍ وَهُوَ خَلَقَكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ 21. Va terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – dedilar. (Terilari:) «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi. U Zot sizlarni avval boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», – dedilar.
Qiyomat kuni kofirlarning o‘z tana a’zolari o‘zlariga dushman bo‘ldi. Quloqlari, ko‘zlari va terilari ularga qarshi guvohlik berdi. Bu holdan ularning o‘zlari ham hayratga tushdilar.
«Va terilariga: «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – dedilar».
Ular, o‘zlaricha, Alloh bizning amallarimizni ko‘rib o‘tiribdimi, deb yurgan edilar. Terilari ishni rasvo qilib, hamma narsani aytib qo‘yib, sharmanda etdi. O‘zining terisi bo‘la turib ham shunday qiladimi? Achchiqlari chiqib, terilaridan nima uchun o‘zlariga qarshi guvohlik berganlarini so‘ragan edilar,
«(Terilari:) «Har bir narsani nutq qildirgan Alloh bizni ham nutq qildirdi», – deb javob berishdi.
Biz o‘zimizcha gapirib ketaverganimiz yo‘q, bizni Alloh gapirtirdi. U hamma narsani gapirtiradigan Zotdir. Nima, sizlar bu haqiqatni bilmaysizlarmi?
«U Zot sizlarni avval boshda yaratgan va Ungagina qaytarilursizlar», – dedilar».
Alloh sizlarni yo‘qdan bor qilgan Zot-ku, nima uchun Unga dushman bo‘ldingiz o‘zi?! Oxir-oqibat qaytib boradigan joyingiz ham faqat Allohning dargohi-ku! Nima uchun Unga iymon keltirmadingiz?! Nima uchun Unga ibodat qilmadingiz?! Yana «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdingiz?» – deysizlar!وَمَا كُنتُمْ تَسْتَتِرُونَ أَنْ يَشْهَدَ عَلَيْكُمْ سَمْعُكُمْ وَلَا أَبْصَارُكُمْ وَلَا جُلُودُكُمْ وَلَكِن ظَنَنتُمْ أَنَّ اللَّهَ لَا يَعْلَمُ كَثِيرًا مِّمَّا تَعْمَلُونَ 22. Qulog‘ingiz, ko‘zlaringiz va terilaringiz o‘zingizga qarshi guvohlik berishlaridan yashirinmas edingiz. Lekin Alloh qilayotgan amallaringizning ko‘pini bilmas, deb gumon qilar edingiz.
Siz gunoh ishlarni qilayotgan vaqtingizda, ba’zi odamlar guvoh bo‘lib qolmasin deb, ulardan berkinsangiz ham, quloq, ko‘z va terilaringizdan berkina olmas edingiz, bizga qarshi guvohlik bermaydi, deb o‘ylardingiz. Umuman olganda, qilayotgan gunohlarimizni Alloh ko‘rmaydi, deb gumon etar edingiz. Shu sababli bemalol gunohlarni qilavergansiz.وَذَلِكُمْ ظَنُّكُمُ الَّذِي ظَنَنتُم بِرَبِّكُمْ أَرْدَاكُمْ فَأَصْبَحْتُم مِّنْ الْخَاسِرِينَ23. Robbingiz haqida qilgan gumoningiz sizni halokatga uchratdi. Bas, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ldingiz.
Alloh haqida, bizning gunohlarimizni ko‘rmaydi, deb qilgan gumoningiz sizni halokatga duchor qildi. Mana, endi ziyonkorlardan bo‘lib, do‘zaxga tushib turibsiz.“Zalzala” surasida :إِذَا زُلْزِلَتِ الْأَرْضُ زِلْزَالَهَا 1. Vaqtiki, er o‘ziga xos zilzilaga tushsa... وَأَخْرَجَتِ الْأَرْضُ أَثْقَالَهَا2. Va er o‘z yuklarini otib chiqarsa... وَقَالَ الْإِنسَانُ مَا لَهَا3. Va inson: «Unga nima bo‘ldi?!» – desa... يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا 4. O‘sha Kunda u (er) o‘z xabarlarini aytadir.
Ya’ni o‘sha shiddatli va o‘ta qo‘rqinchli qiyomat kunida er o‘z ustida qilingan yaxshilik va yomonliklarning hammasining xabarini aytib beradi. O‘sha kunda er har bir insonning o‘z ustida nima ishlar qilgani haqida batafsil xabar beradi.
Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «O‘sha kunda u (er) o‘z xabarlarini aytadir» oyatini qiroat qildilar va:
– Uning xabari nimaligini bilmaysizlarmi? – dedilar.
– Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq, – deyishdi.
– Albatta, uning xabari har bir banda va cho‘riga o‘z ustida nima qilgani haqida guvohlik berishidir. «U falon kuni falon-falon ishni qildi», deb aytadir. Bas, ana shular uning xabarlaridir, – dedilar u zot.
Imom Tobaroniy rivoyat qilgan hadisda esa: «Erdan hushyor bo‘ling¬lar. Zotan, u onangizdir. Albatta, uning ustida qaysi bir yaxshi yoki yomon amal qiluvchi bo‘lsa, u, albatta, aning xabarini beruvchidir», – deyilgan.
Erning bunday qilishiبِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَى لَهَا 5. Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.
Ya’ni erning iztirobga tushgani, ichidagi narsalarni otib chiqargani va o‘z ustida har bir insonning qilgan barcha ishlari haqida xabar berishi Alloh taolo unga amr qilgani uchun bo‘ladi. O‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta.يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ أَشْتَاتًا لِّيُرَوْا أَعْمَالَهُمْ 6. O‘sha Kunda odamlar amallarini ko‘rish uchun joylaridan alohida alohida bo‘lib qo‘zg‘alurlar.
Ya’ni qiyomat kuni odamlar guruh-guruh bo‘lib – mo‘minlar alohida, kofirlar alohida – joylaridan qo‘zg‘aladilar. Keyin bu dunyoda qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladilar.فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ 7. Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radir.
8. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radir.
Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh, va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib berganlarida, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi etarli», – degan ekan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham, o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», – deganlar. Ya’ni bu yaxshilikning kichigi bo‘lmaydi, deganlaridir.
Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», – deganlar.
Har doim, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilib, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish kerak. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar